«ANORBANK» AJ uchun bank kartalari konvertlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik topshiriq

19.07.2026

«ANORBANK» AJ uchun bank kartalari konvertlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik topshiriq

«ANORBANK» AJ uchun bank kartalari konvertlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik topshiriq

1. Mahsulot nomi

Bank kartasi uchun konvert.

2. Miqdori

100 000 (yuz ming) dona.


3. Texnik tavsiflar

Material: zichligi 250–300 g/m² bo‘lgan karton.

O‘lchami: Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan maketga muvofiq.

To‘liq rangli ofset bosma (4+4).

Har ikki tomondan mat laminatsiya.

Tanlab (selektiv) UV-lak qoplamasi.

Tasdiqlangan maket bo‘yicha shtanslash.

Tayyor mahsulotni yelimlash.

Ikki tomonlama skotch (konstruksiyaga muvofiq zarur bo‘lsa).

Ranglar «ANORBANK» AJ korporativ uslubiga to‘liq mos bo‘lishi lozim.

Mahsulotlar tekis, deformatsiyalarsiz, dog‘larsiz, yelim izlarisiz, shikastlanishlar, ishqalanish izlari va boshqa nuqsonlarsiz bo‘lishi kerak.


4. Sifat talablari

Foydalaniladigan materiallar yangi va yuqori sifatli bo‘lishi kerak.

Bosma aniq, ranglarning siljishi va boshqa nuqsonlarsiz bajarilishi lozim.

Laminatsiya va selektiv UV-lak bir tekis surtilgan bo‘lishi kerak.

Konvertlar bank kartasini qulay joylashtirishni ta’minlashi hamda foydalanish davomida o‘z shaklini saqlab qolishi lozim.


5. Maket

Maket Buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi. Ommaviy ishlab chiqarishni boshlashdan oldin Ijrochi yozma ravishda tasdiqlash uchun signal namunasi (rang sinovi)ni taqdim etishi shart.

6. Qadoqlash

Tayyor mahsulotlar har bir qutidagi mahsulotlar soni ko‘rsatilgan markirovkaga ega mustahkam karton qutilarga qadoqlanishi lozim.

7. Ishlab chiqarish muddati

Shartnoma imzolangan va maket tasdiqlangan kundan boshlab 20 kalendar kunidan oshmasligi kerak.

8. Yetkazib berish manzili

«ANORBANK» AJ ombori, Toshkent shahri.


Bog‘lanish uchun kontaktlar:

Call-markaz raqami: 1290

Xodimlarning ichki telefon raqamlari:

Ubaydullayev B. — 1000

• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz

• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.uz

Marketing departamenti bosh mutaxassisi Dilovarova S.

+998907882062


Shuningdek o`qing

26.08.2026 VAKOLATNOMA Havo kanallari va jihozlarini o'rnatish
26.08.2026 ANORBANK brendiga PR ko‘magini ko‘rsatish bo‘yicha tender
26.08.2026 AJ «ANOR BANK» bank kartalari («Kids Card» va «HUMO Moment») uchun brendlangan qadoqlash konvertlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing