AUYning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

AUM o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabarlar «ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar beradi

28.09.2020

Hurmatli aksiyadorlar!

«ANOR BANK» AJning Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2020 yil 21 oktyabr kuni quyidagi manzil bo‘yicha bo‘lib o‘tadi: Toshkent sh., Sayram 5-tor ko‘chasi, 4 uy, «ANOR BANK» AJ Bosh ofisi binosida, e-mail info@anorbank.uz , veb sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatga olishning boshlanishi - 10.30

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining boshlanishi - 11.00

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari ro‘yxatini tuzish sanasi- 2020 yil 15 oktyabr.

Kun tartibi:

  1. «ANOR BANK» AJ Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
  2. «ANOR BANK» AJ aksiyadorlarining o‘tkaziladigan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
  3. «ANOR BANK» AJning birlamchi chiqariladigan aksiyalarini joylashtirish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida.  
  4. «ANOR BANK» AJ e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash to‘g‘risida.
  5. «ANOR BANK» AJ Ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
  6. «ANOR BANK» AJ Taftishchisini qayta saylash masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.  
  7. «ANOR BANK» AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida. 
  8. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi, Bank kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi, Bank taftishchisi, Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini mukofotlash tartibi, Bank korporativ boshqarish kodeksi Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
  9. «ANOR BANK» AJning O‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
  10. Auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga haq to‘lashning eng ko‘p miqdorini tasdiqlash.
  11. Homiylik va хayriya yordamining eng ko‘p miqdorini tasdiqlash.

«ANOR BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzil bo‘yicha tanishib chiqish mumkin: Toshkent sh., Sayram 5-tor ko‘chasi, 4 uy, «ANOR BANK» AJ Bosh ofisi binosida.   

Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilib (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma’lumotlari), yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida harakat qiladi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish ishonchnomasi notariusda tasdiqlangan bo‘lishi shart. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish ishonchnomasi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda beriladi. 

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: