AUYning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o’tkazilishini e’lon qiladi.

31.01.2022

Hurmatli aksiyadorlar!

      2022-yil 22-fevral kuni “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi Toshkent sh. Sayram ko’chasi, 5-o’tish joyi, 4, bank binosida bo’lib o’tadi. Elektron manzil info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

      Ro’yxatga olish soat 10.30 da boshlanadi.

      Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining boshlanishi – soat 11.00

      Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2022-yil 16-fevral.

Kun tartibi:

1.       “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.
2.       “ANOR BANK” AJ Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash haqida.
3.       “ANOR BANK” AJning tashkil etilgan Ustav kapitalini tasdiqlash to’g’risida.
4.       “ANOR BANK” AJ e’lon qilingan aksiyalarining maksimal miqdorini belgilash to’g’risida.
5.       “ANOR BANK” AJ Ustav kapitalini ko’paytirish vakolatlarini bank Kuzatuv kengashiga o’tkazish, shuningdek, bank Ustaviga ustav kapitalini ko’paytirish va bankning tasdiqlangan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.
6.       “ANOR BANK” AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash haqida.
7.       “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining mehnatiga haq to’lash to’g’risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash haqida.
8.       “ANOR BANK” AJ Tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida.

“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent sh. Sayram ko’chasi, 5-o’tish joyi, 4.

Izoh: Aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida aksiyadorning vakili to’g’risidagi ma’lumotlar (ismi yoki lavozimi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma’lumotlari) ko’rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: