AUYning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

11.12.2020

Hurmatli aksiyadorlar!

2020-yil 29-dekabr kuni “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Toshkent sh. Sayram koʻchasi, 5-oʻtish joyi, 4-uy, bank binosida elektron manzil info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz bo’lib o’tadi. Ro‘yxatga olish soat 10.30 da boshlanadi. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishining boshlanishi - soat 11.00. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2020-yil 23-dekabr.

Kun tartibi:

1. “ANOR BANK” AJ Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash haqida.
2. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.
3. “ANOR BANK” AJni tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasiga muvofiq xarajatlar bo’yicha muassisning hisobotini ko’rib chiqish to‘g‘risida. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent sh. Sayram ko’chasi, 5-oʻtish joyi,4 “ANOR BANK” AJ Bosh ofis binosida. Izoh: Aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida aktsiyadorning vakili to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki lavozimi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: