Aksiyadorlar va investorlarga e'lonlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

02.02.2026

Hurmatli aksiyadorlar!

"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 29-yanvardagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 25-fevral kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
e-mail: info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatdan o‘tish 10.30 da boshlanadi.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 11.00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana — 2026-yil 19-fevral.


Kun tartibi:

  1. Hisob komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

  2. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

  3. "ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

  4. "ANOR BANK" AJning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida.


"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85

Izoh:
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.

Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.



Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing