Aksiyadorlar va investorlarga e'lonlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarga imtiyozli huquq to'g'risida e'lon qiladi

24.06.2022

HURMATLI “ANOR BANK” AJ AKSIYADORLARI!

“ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashining ma’lum qilishicha, 2022-yil 23-iyunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “ANOR BANK” AJning 50 000 000 dona nominal qiymatidagi oddiy, sertifikatsiz har biri 1 000 so’mdan yopiq obuna yo’li bilan umumiy summasi 50 000 000 000 so’m bo’lgan aksiyalarni qo’shimcha chiqarish to’g’risidagi Qaror ro’yxatga olingan.

Qo’shimcha chiqarish to’g’risidagi Qarorga muvofiq, “ANOR BANK” AJ aksiyadorlari, oddiy sertifikatlanmagan aksiyalar egalari ushbu chiqarilishdan o’zlariga tegishli aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda sotib olish huquqiga ega. Imtiyozli sotib olish huquqi 2022-yil 14-may holatiga ko’ra shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan “ANOR BANK” AJ aksiyalari egalari – aksiyadorlarga tegishli.

Imtiyozli huquq ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida amal qiladi.

“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq, aksiyalarni joylashtirish narxi har bir aksiya uchun 1 000 so’m miqdorida belgilandi.

Imtiyozli huquqqa ega bo’lgan aksiyador “ANOR BANK” AJga u tomonidan F.I.Sh, aksiyadorning yashash(joylashgan) joyi, sotib olingan aksiyalar soni, to’lov hujjati va aloqa telefon raqami ko'rsatilgan aksiyalarni sotib olish uchun yozma ariza yuborish orqali o’zining imtiyozli huquqidan to’liq yoki qisman foydalanishga haqli. Bunday ariza “ANOR BANK”AJga imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida topshirilishi kerak.

Mazkur emissiya aksiyalarini joylashtirish tashkillashtirilmagan birjadan tashqari qimmatli qog’ozlar bozorida fuqarolik-huquqiy bitimlar asosida tegishli shartnomalar tuzish va ularni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda “UNIVERSAL DEPOZIT” MChJda ro’yxatdan o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Imtiyozli huquqni boshqa shaxsga o’tkazishga yo’l qoyilmaydi.

Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugagach, qolgan aksiyalar soni “KAPITAL SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sotiladi.

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo’yicha “ANOR BANK” AJga quyidagi manzil bo’yicha murojaat qilishingiz mumkin: O’zbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Sayram ko’chasi 5-o’tish, 4-uy. Bog’lanish uchun telefon: (+998) 55-503-00-00, ichki telefon 1208

Hurmat bilan,

«ANOR BANK»AJ Kuzatuv kengashi .

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing