Minimal sarf miqdoriga yetgandan so‘ng Visa Infinite kartasi bilan qanday imtiyozlardan foydalanish mumkin?
• Visa Airport Companion orqali DragonPass biznes zallariga kirish, jumladan Toshkentdagi Anjir biznes zali
• Fast Track xalqaro xizmati
• Toshkent aeroportida bagajni qadoqlash
• 127 ta davlatda bepul rouming
• Toshkent aeroportidan bepul transfer
• Toshkentdagi CIP zaliga bepul kirish
Imtiyozlarni faollashtirish uchun bir oyda qancha sarflash kerak?
Premium xizmatlardan foydalanish uchun kalendar oy davomida Visa Infinite kartangiz orqali kamida 10 000 000 so‘m (yoki xorijiy valyutadagi ekvivalent miqdor) sarflash kerak.
Qaysi operatsiyalar hisobga olinadi va qaysilari olinmaydi?
Hisobga olinadigan operatsiyalar:
• O‘zbekistonda va xorijda savdo nuqtalarida amalga oshirilgan xaridlar
• Onlayn to‘lovlar (POS va e-commerce)
• Uzcard va Humo terminallari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar
Hisobga olinmaydigan operatsiyalar:
• Naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalar
• Bank ichidagi operatsiyalar
• Kartadan kartaga naqdsiz o‘tkazmalar
• Kartaga ulangan hisob orqali amalga oshirilgan operatsiyalar (internet-banking orqali o‘tkazmalar, kredit to‘lovlari, rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazmalar, P2P o‘tkazmalar va boshqalar)
Faqat umumiy sarflangan summa hisobga olinadi. Operatsiyalar soni ahamiyatga ega emas.
Agar karta hisobiga mablag‘ qaytarilsa (masalan, refund), nima bo‘ladi?
Oy davomida sarflangan umumiy summa qaytarilgan mablag‘ miqdoriga kamaytiriladi.
Operatsiyalar soni muhimmi?
Yo‘q. Faqat umumiy sarflangan summa hisobga olinadi, operatsiyalar soni ahamiyatga ega emas.
Sarf davri qanday hisoblanadi?
Joriy sanadan oldingi 35 kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinadi, lekin oxirgi 5 kun bundan mustasno.
Masalan, agar jo‘nash sanasi 20-dekabr bo‘lsa, 15-noyabrdan 14-dekabrgacha (shu jumladan) amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinadi. 15-dekabrdan 20-dekabrgacha bo‘lgan operatsiyalar hisobga olinmaydi.
Kartani olgan zahoti aeroport xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
Yo‘q. Aeroport xizmatlaridan foydalanish faqat minimal sarf talabi bajarilgandan so‘ng mumkin.