Biznes karta

Hisob raqamingizdan Biznes kartaga pullarni oʻtkazing va siz uchun qulay boʻlgan bankomatdan cheklovlarsiz yechib oling

24/7 rejimida kartani bepul onlayn buyurtiring

Ostonangizgacha yetkazib beramiz

Qayerga va qachon yetkazib berish kerakligini aytsangiz bas.

Virtual chek daftarchasi

Kartadagi harakatlarni kuzatib boring va xarajatlarni nazorat qiling, hisob raqamingizdan biznes kartani to'ldiring.

ANORBANK biznes-kartasini olish uchun 3 sabab

Ariza qoldiring

Karta olish uchun arizani korporativ veb-sayt, aloqa markazi, Internet-bank va ANORBANK mobil ilovasi orqali yuborish mumkin.

Kartangizni qabul qiling

ANORBANK ning mobil vakili kartangizni, sizga qulay vaqtda, siz istagan manzilga yetkazib beradi.

Kartangizdan foydalaning

Kartangizdan to'lovlarni amalga oshiring va naqd pul yechishda foydalaning.

corp_cards.png

Sizning faoliyatingizga ANORBANK biznes-kartalari juda muhim

Balansingizni kuzatib boring

Biznes-kartalar bilan amaliyotlar bo'yicha to'la va hisobotlarni onlaine kuzating.

Xarajatlarni boshqarib boring

Har bir korporativ karta uchun alohida xarajat limitini o'rnating.

O'z vaqtingizni tejang

Bankka borishning hojati yo'q. Biznesingizning barcha mablag'lari cho'ntagingizda.

Muammolarni tezda hal qiling

Bizning mutaxassislarimiz kun yoki tunning istalgan vaqtida har qanday savolga javob berishadi.


Ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz

Ko’pincha so‘raladigan savollarga javoblar

ANORBANK biznes kartalaridan bank hisob raqami bo‘lgan barcha yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

Biznes karta ANORBANKdagi hisob raqamingizga chiqariladi. Biznesingizga qancha karta kerak bo’lsa, siz shuncha miqdorda karta chiqarishingiz mumkin bo’ladi. Misol uchun, agar sizda bir nechta xodimingiz bo'lsa, unda kartani har biri uchun alohida chiqarish mumkin.

15.03.2012 yildagi 2342-sonli me’yoriy hujjatga muvofiq, asosiy hisob-raqami bloklangan holatda karta ham tegishli ravishda bloklanadi va hisob-raqami blokdan yechilgunga qadar kartadan foydalanib bo‘lmaydi.

18.04.2005 yildagi 1470-sonli me’yoriy hujjatga muvofiq, biznes karta faqat asosiy hisob-raqamdan to‘ldiriladi.

Biznes karta hisob raqamiga tushgan mablag’lar bo’yicha ma’lumotlarni, SMS xizmati va internet bank masofaviy xizmati orqali olishingiz mumkin.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

16/02/22 09:13