Internet-bankni sayt orqali yoki bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirib ulash mumkin. Internet-bankka ulanish bepul amalga oshiriladi.
Ulangandan keyin sizning mobil telefoningizga internet-bankka birinchi kirish uchun login va parol bilan SMS-xabar keladi.
Internet-bank - bu Bankning ofisiga tashrif buyurmasdan, barcha asosiy bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan servis.
Internet-bank sutkada 24 soat erishimli. Istalgan paytda siz hisob-raqam bo‘yicha balansni aniqlashtirishingiz, karta bo‘yicha xarajatlarni tekshirishingiz, mobil telefoni hisobini to‘ldirishingiz yoki kartani bloklashingiz mumkin.
Agar internet-bankka kirish uchun vaqtinchalik parolning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, yoki siz parolni unutgan bo‘lsangiz, parolni tiklash uchun bankning uzluksiz aloqa markaziga murojaat qiling.
Internet-bank xizmatiga ulanish bepul, mazkur xizmatning abonent to‘lovi yo‘q, bundan tashqari o‘tkazmalar uchun komissiya to‘lovlari ancha foydaliroq.
Siz bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, Internet bankning qo‘shimcha imkoniyatlari haqida bilib olishingiz mumkin.