Depozitni rasmiylashtirish/joylashtirish uchun Bankning Aloqa markaziga murojaat qilib, buyurtma qoldirishingiz mumkin.
Agar siz bankning mijozi bo‘lsangiz, siz omonatni Bank bo‘linmasiga tashrif buyurtmasdan- masofaviy tarzda Internet-bank orqali depozitni rasmiylashtirishingiz mumkin.
Siz depozit shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilishingiz mumkin. Depozitni qaytarishning batafsil shartlari depozit shartnomasining bandlarida ko‘rsatilgan.
Depozit shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilishga arizani Internet-bank orqali berish mumkin.
Bank depozitiga joylashtirilgan mablag‘lar (milliy/xorijiy valyutalar) yuridik shaxsning daromadi emas, balki mulki hisoblanadi, shuning uchun yuridik shaxslardan olinadigan soliqqa tortilmaydi. Soliqqa faqat depozit bo‘yicha foizlar tortiladi. Shuning uchun, har qanday holatda ham mablag‘larni bank omonatlari hisob-raqamlarida saqlash foydaliroq.
Birinchi navbatda, depozit/omonatlarni banklar qabul qilish huquqiga ega.
Bundan tashqari omonatlar/depozitlar ni maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan moliya tashkilotlari ham qabul qilishlari mumkin (masalan mikrokredit tashkilotlari va xokazo).
Bugungi kunda bank yuridik shaxslarga quyidagi turdagi depozitlarni taklif qiladi:
- muddatli depozit
- jamg‘arma depoziti
- "Overnayt" depoziti
Rasmiylashtirilgan shartnomaning shartlarida ushbu amaliyot ko‘zda tutilgan bo‘lsa, mumkin.
16/02/22 09:13