Internet-ekvayring- bu bevosita internet-do‘kon yoki internet-servisning internet saytida tovar va xizmatlarga haq to‘lash uchun bank kartalarini qabul qilish imkonini beruvchi xizmat.
Biz bilan hamkorlik qilishni boshlash uchun Siz saytda yoki bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib ariza qoldirishingiz mumkin. Bank xodimlari barcha zarur jihatlarni tushuntirib beradilar va taqdim etiladigan kerakli hujjatlar va shartnoma imzolanishi haqidagi savollaringizga javob beradilar.
Buning keragi yo‘q, kompaniya joriy hisob-raqamining o‘zi yetarli bo‘ladi.
E-POS terminal elektron kart-chekni shakllantiradi, uni xohishga ko‘ra SMS ko‘rinishida xaridorning telefon raqamiga yoki elektron xat ko‘rinishida elektron pochtasiga yuborish mumkin. Shunga e’tibor qaratamizki, kart-chek sotilgan tovarga beriladigan fiskal kassa chekini o‘rnini bosmaydi, u atigi xaridorning kart-hisob raqamidan ko‘rsatilgan summa yechilganligining tasdig‘i hisoblanadi.