"SAIF-OPTIMA" ko'z shifoxonasi
Bu zamonaviy oftalmologiya sohasida mavjud imkoniyatlarning eng a’lolarini bemorlarga taqdim etuvchi professional mutaxassislar jamoasidir.
Shifoxona kasalliklarni eng dastlbki bosqichlarda diagnostika qilishga qodir boʻlgan noyob uskunalarga ega.
Klinikamiz asosida 2004 yilda Oʻzbekistonda ilk marotaba kataraktani operativ davolashning butun jahonda tan olingan fakoemulsifikatsiya usuli joriy etilgan.
2010 yilda joriy etgan yana bir yangiligimiz – bu shox parda kollageni krosslinking usuli boʻlib, undan keratokonusni davolashda qoʻllaniladi.
Bizning soʻnggi yutuqlarimizdan biri – bu Oʻzbekistonda ilk marotaba FemtoLasik usulidan foydalanishning yoʻlga qoʻyilganligi boʻldi. Femtolasik – koʻrish qobiliyatini 100%lik lazer yordamida korreksiyalashning dastlabki va yagona uslubidir. Bugungi kunga kelib bu eng xavfsiz, oldindan bashorat qilish oson boʻlgan va mukammal uslubga aylandi.
Yigirma yillik tajriba va ilg'or texnologiyalar yuqori natijalar garovidir!