Business Analyst (Lead)

08.04.2025

Lavozim majburiyatlari:

  • Biznes tahlilchilar jamoasini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va muddatlarni nazorat qilish.
  • Biznes talablarini yig‘ish, tahlil qilish va rasmiylashtirish.
  • Biznes jarayonlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
  • Biznes-buyurtmachilar, IT va tahliliy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish.
  • Texnik topshiriqlar va spetsifikatsiyalarni shakllantirish.
  • Yangi mahsulotlar va tizimlarni ishlab chiqish hamda joriy etishda ishtirok etish.
  • Ma’lumotlar va jarayonlarni tahlil qilish uslublarini rivojlantirish.

Talab qilinadigan ko‘nikma va malakalar:

  • Tegishli lavozimda kamida besh (5) yillik ish tajribasi.
  • Biznes tahlili uslublari (BABOK, BPMN, UML).
  • SQL, BI vositalari (Power BI, QlikSense, Superset) bilan ishlash tajribasi.
  • Texnik hujjatlarni ishlab chiqish (SRS, BRD, Foydalanuvchi hikoyalari).
  • Biznes jarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish.
  • Dasturchilar va sinovchilar bilan hamkorlik qilish.

Shaxsiy fazilatlar:

  • Rahbarlik fazilatlari, jamoani boshqara olish qobiliyati.
  • Tizimli fikrlash, tahliliy yondashuv.
  • Mukammal muloqot ko‘nikmalari, biznes va IT mutaxassislari bilan umumiy til topa olish qobiliyati.
  • Natijaga yo‘nalganlik, tashabbuskorlik.


BIZ QUYIDAGILARNI TAKLIF QILAMIZ:

  • Mamlakatning innovatsion raqamli bankida ishlash imkoniyati;
  • Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi dasturi;
  • Korporativ ta’lim va treninglar;
  • Qulay mehnat sharoitlari;
  • Qiziqarli mahsulotlarni yaratishda professional jamoa bilan ishlash;
  • Zamonaviy qulay ofis (Toshkent sh.);
  • Rasmiy ish haqi;
  • Agile jamoaviy ish uslubi;
  • Ofisda soat 9:00 dan 18:00 gacha ish.

 O‘z nomzodingizni taqdim etish uchun "Anketani to‘ldirish" tugmasini bosing, shuningdek, rezyumengizni Telegram orqali @Anorbank_hr manziliga yuborishingiz mumkin.


Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: