ANORBANK Kundalik bilan birgalikda maxsus loyihaga start berdi

29.09.2023

ANORBANK yosh avlod kelajagi haqida qayg‘uradi va uning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ularni o‘qishga rag‘batlantirish va bilimga chanqoqligini rag‘batlantirish maqsadida eMaktab (sobiq Kundalik) yagona raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda bank ko‘plab sovrinlar taqdim etiladigan ulkan maxsus loyihani ishga tushirdi.

Loyihaning asosiy g‘oyasi maktab o‘quvchilarining bilim sari intilishdan to‘xtamasligi va yangi marralarni zabt etishini ta’minlashdan iborat. Albatta, har qanday harakat rag'batlantirish bilan birga bo'lishi kerak. ANORBANK buni o‘z zimmasiga olib, qimmatbaho sovg‘alardan iborat bo’lgan yirik mukofot jamg‘armasini tayyorladi.

Sovrinli o‘yin qoidalariga ko‘ra, respublikadagi maktablarning eMaktab tizimiga ulangan 1-sinfdan 11-sinfgacha ta’lim olayotgan o‘quvchilar har bir bosqichda o‘qishda olgan to‘rt va besh baholari uchun turli sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Misol uchun, “4” yoki “5” baho olgan o’quvchi avtomatik ravishda tegishli 4 va 5 ball oladi. Natijada jami 100 ballni 1 ta kuponga almashtirish mumkin. Har bir kupon sovrinli o'yinda ishtirok etish uchun 1 ta imkoniyatni taqdim etadi, unda g'oliblar tasodifiy raqamlar generatori yordami bilan aniqlab olinadi. O’quvchilarning kuponlari qancha ko'p bo'lsa, g'alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi.

Birinchi bosqich davomida bir muddatdan keyin o‘quvchilarning ota-onalari to‘plangan ballarni kuponlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ushbu loyiha doirasida ANORBANKning jismoniy ANOR BLACK kartalariga ega bo‘lgan barcha ota-onalar ballarni kuponlarga almashtirishlari va keng ko‘lamli sovrinli o‘yinda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan jismoniy karta egalari ANORBANK tomonidan 2023/24 o‘quv yili davomida eMaktab platformasi uchun yillik PRO obunasini ham qo‘lga kiritadilar.

Loyiha 3 bosqichga bo'linadi:

  • 1-bosqich 3-oktabrdan 25 dekabrgacha davom etadi.
  • 2-bosqich – 1-yanvardan 30-martgacha.
  • 3-bosqich – 1-apreldan 25-maygacha.

Har bir bosqich yakunida kupon egalari oʻrtasida 100 ta sovrin g’oliblari aniqlanadi.

Birinchi bosqich yakunida 10 ta Apple iPhone 14 smartfonlari, 10 ta Apple iWatch 8 smart soatlari, 30 ta Acer Aspire 3 noutbuklari, 10 ta Yandex.Stansiya smart kolonkalari va 40 ta Samsung Tab A7 Lite planshetlari o‘ynaladi.

Ikkinchi va uchinchi bosqichlar uchun sovrinlar ushbu bosqichlar boshlanishidan oldin ANORBANK saytida va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

Keyingi bosqichlarda ANORBANK ushbu loyiha uchun Kids kartalarini, shuningdek eMaktabga obuna bo‘lganlar uchun alohida xizmat ko‘rsatish shartlarini joriy etishni ham rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, keyingi bosqichlarda qimmatbaho sovg‘alar bilan bir qatorda bank mablag‘lari hisobidan qarzini to‘lash sharti bilan g‘oliblarga muddatli to‘lov kartalarini taqdim qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu kartalar yordamida 4000 dan ortiq bank hamkorlaridan istalgan narsani xarid qilish mumkin bo’ladi.

Oferta bilan tanishish

Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram


Shuningdek o`qing

23.10.2023 ANORBANK va Kundalik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: