Объявления акционерам и инвесторам

Назад к акционерам и инвесторам

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarga imtiyozli huquq to'g'risida e'lon qiladi

31.10.2024

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati Sizga shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2024-yil 30-oktyabrda P0916-10-son bilan 135 000 000 dona nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan oddiy va imtiyozli nominal hujjatsiz aksiyalarni (keyingi o‘rinlarda - Qaror) xususiy joylashtirish yo‘li bilan yopiq obuna bo‘yicha umumiy summasi 135 000 000 000 so‘m bo‘lgan qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qaror (keyingi o‘rinlarda - Qaror) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bir dona aksiyani joylashtirish narxi nominal qiymati 1000 so‘m.

Qarorga muvofiq, "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining 2024-yil 10-oktyabr holatiga shakllantirilgan reyestriga kiritilgan aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar.

Imtiyozli huquqning amal qilish muddati mazkur xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kunni tashkil etadi va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari (uyushmagan) bozorida fuqarolik-huquqiy tusdagi bitimlarni bevosita tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq aksiyadorlar bilan aksiyalarning oldi-sotdi shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish "UNIVERSAL DEPOZIT" MCHJ investitsiya vositachisi orqali quyidagi manzil bo‘yicha amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100007, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olmachi ko‘chasi, 26-uy, Tel.: +998 90 351-97-71, +998 90 187-60-02

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman "ANOR BANK" AJga aksiyadorning F.I.O., yashash joyi (joylashgan joyi), u tomonidan sotib olinayotgan aksiyalar soni, to‘lov to‘g‘risidagi hujjat va aloqa telefon raqami ko‘rsatilgan aksiyalarni sotib olish to‘g‘risida yozma shaklda ariza yuborish orqali amalga oshirishga haqli. Bunday ariza "ANOR BANK" AJ tomonidan imtiyozli huquqning amal qilish muddati davomida berilishi kerak.

Imtiyozli huquqni boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imtiyozli huquq muddati tugagandan keyin aksiyalarning qolgan miqdori aksiyador Olimov Qahramonjon Anvarovichga sotiladi".

Qo‘shimcha ma’lumot uchun "ANOR BANK" AJ G‘aznachilik departamentining Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy. Murojaat uchun telefon: +998 55 503-00-00 (1208) Amanova N.

Hurmat bilan,

"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi.

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения