Сообщения о проведении ОСА

Назад к акционерам и инвесторам

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

23.04.2021

Hurmatli aksiyadorlar!

2021-yil 17-may kuni “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining Yillik umumiy yig‘ilishi Toshkent sh. Sayram koʻchasi, 5-oʻtish joyi, 4-uy, bank binosida elektron manzil info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz bo’lib o’tadi. Ro‘yxatga olish soat 10.30 da boshlanadi. Bank aksiyadorlarining Yillik umumiy yig'ilishining boshlanishi - soat 11.00. Aksiyadorlarning Yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2021-yil 11-may.

Kun tartibi:

1. “ANOR BANK” AJ Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash haqida.
2. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining Yilllik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.
3. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi raisining 2020 yildagi faoliyati yakunlari to’g’risidagi hisobotini ko’rib chiqish to‘g‘risida.
4. “ANOR BANK” Ajning 2020 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakunlari to’g’risidagi bank boshqaruvi raisining hisobotini ko’rib chiqish to’g’risida.
5. “ANOR BANK” AJ Taftishchisining bankning 2020-yildagi moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha hisobotini ko’rib chiqish to’g’risida.
6. “Ernst & Young” MChJ auditorlik kompaniyasining “ANOR BANK” AJ 2020-yil yakuni bo’yicha moliyaviy hisobotining ishonchliligi to’g’risidagi xulosasini tasdiqlash to’g’risida.
7. “ANOR BANK” AJning 2020-yil yakuni bo’yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash to’g’risida.
8. “ANOR BANK” AJning 2020-yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha sof foyda taqsimotini tasdiqlash to’g’risida.
9. “ANOR BANK” AJ affillangan shaxslar bilan 2020 yilda tuzilgan bitimlarni tasdiqlash to’g’risida.
10. 2021-moliya yili uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash va auditorlik xizmatlari uchun to’lovning eng yuqori miqdorini belgilash to’g’risida.
11. “ANOR BANK” AJni tashkil etish uchun sarflangan xarajatlar to’g’risidagi bank ta’sischisining hisobotini ko’rib chiqish to’g’risida.
12. “ANOR BANK” AJ tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida.
13. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to’g’risida.
14. “ANOR BANK” AJ Taftishchisini saylash to’g’risida.
15. “ANOR BANK” AJ Boshqaruvi Raisi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish to’g’risidagi Kuzatuv kengashining qarorini tasdiqlash to’g’risida. 16. “ANOR BANK” AJ Ustav kapitalini qo’shimcha oddiy, sertifikatsiz ksiyalarni chiqarish yo’li bilan oshirish to’g’risida.
17. Bankning Ustav kapitalini ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilish va “ANOR BANK” AJ oddiy, sertifikatsiz aksiyalarini qo’shimcha chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlash uchun vakolatlarni bank Kuzatuv kengashiga o’tkazish to’g’risida.
“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining Yillik umumiy yig‘ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent sh. Sayram ko’chasi, 5-oʻtish joyi, 4. Izoh: Aksiyadorning Yillik umumiy yig‘ilishida aktsiyadorning vakili to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki lavozimi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой: