Объявления акционерам и инвесторам

Назад к акционерам и инвесторам

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

16.01.2025

Hurmatli aksiyadorlar!

"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 15 yanvardagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 7 fevral kuni Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi e-mail info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqti - 10.30 soat.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish soat 11.00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 3 fevral

Kun tartibi:

1. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. "ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy.

Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.


Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения