Kreditni Anorbank bankomatlari orqali so‘ndiring — tez va qulay!

15.06.2026

Kreditni Anorbank bankomatlari orqali so‘ndiring — tez va qulay!

сайт русс.jpg

Kreditni Anorbank bankomatlari orqali so‘ndiring — tez va qulay!

Endi Anorbank mijozlari bank filiallariga tashrif buyurmasdan, bankomatlar orqali kreditlarini naqd pulda so‘ndirishlari mumkin.

Kredit to‘lovlarini yanada qulay va tezkor qilish maqsadida, Anorbank bankomatlar tarmog‘i funksionalini kengaytirdi. Endi mijozlar haftasiga 7 kun, kuniga 24 soat davomida kredit to‘lovlarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari mumkin.

Bankomat orqali kreditni qanday to‘lash kerak? Interaktiv yo‘riqnoma:

1-qadam. «Xizmatlar to‘lovi» bo‘limini tanlang
Bankomatning bosh ekranida «Xizmatlar to‘lovi» tugmasini bosing.

  • Muhim: Kreditni so‘ndirish uchun bank kartasi talab qilinmaydi. To‘lov faqat naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi.

2-qadam. «Kreditni so‘ndirish» bo‘limini tanlang
Amaliyotlar menyusidan «Kreditni so‘ndirish» bandini bosing.

3-qadam. Kreditni toping
Kreditni izlash uchun quyidagi identifikatorlardan birini kiriting:

  • Kredit anketa raqami (6 tadan 13 tagacha raqamdan iborat bo‘lib, uni Anorbank mobil ilovasida ko‘rish mumkin);
  • JShShIR (PINFL — 14 ta raqam).

Ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng «Davom etish» tugmasini bosing.

4-qadam. Kredit shartnomasini tanlang
Agar sizning nomingizga bir nechta kredit rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ekranda faol shartnomalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. To‘lov qilmoqchi bo‘lgan tegishli kreditni tanlang.

5-qadam. Ma’lumotlarni tekshiring
Pul mablag‘larini kiritishdan oldin quyidagilarni diqqat bilan tekshiring:

  • Qarz oluvchining F.I.Sh.;
  • Kredit raqami;
  • To‘lov summasi;
  • Qarzdorlik bo‘yicha ma’lumotlar.

6-qadam. Naqd pul kiriting
Banknotlarni bankomatning kupyura qabul qilgichiga joylashtiring.

To‘lov uchun quyidagi nominaldagi kupyuralar qabul qilinadi:

  • 10 000 so‘m;
  • 50 000 so‘m;
  • 100 000 so‘m;
  • 200 000 so‘m.

E’tibor bering:

  • Bankomat qarjim (charx) qaytarmaydi. Ortib qolgan mablag‘lar avtomatik ravishda kreditni so‘ndirishga yo‘naltiriladi.
  • Bir martalik amaliyotda ko‘pi bilan 200 tagacha kupyura kiritish mumkin.
  • Tangalar, shikastlangan, qog‘oz qisgich (skrepka) taqilgan yoki qattiq buklangan kupyuralardan foydalanmang.

7-qadam. Amaliyotni tasdiqlang
Bankomat kiritilgan mablag‘larni avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va summani ekranda ko‘rsatadi. Ma’lumotlarni qayta tekshirib, amaliyotni tasdiqlang.

Tayyor! 
Mablag‘lar sizning kredit hisobingizga bir zumda kelib tushadi.


Agar to‘lov jarayonida savollaringiz tug‘ilsa, Anorbank’ning tunu kun ishlaydigan 1290 qisqa raqamli aloqa markaziga bog‘lanishingiz mumkin.

Читайте также

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения