1. Ijobiy kredit tarixi.
2. Ehtimoliy qarz oluvchining barqaror daromadi
3. O'rnini qoplay oladigan garov mulki
4. Ehtimoliy qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ishonchli va to'liq ma'lumot.
Mikroqarz olish uchun siz, bankning tayanch punktlariga murojaat qilishingiz kerak. Batafsil ma'lumot olish uchun, 55 503 00 00 telefon raqami bo'yicha bizning murojaatlar markazimizga qo'ng'iroq qiling
Mikroqarz miqdori 100 mln. so'mgacha
Yo'q, mikroqarz olish uchun hech qanday komissiya to'lash shart emas. Faqat garov ta'minotini sug'urtalash va garovni notarial tartibda rasmiylashtirish xarajatlari bor.
Yo'q, mikroqarz faqat barqaror daromadga ega bo'lgan mijozlarga beriladi.
Buning uchun bankning tayanch punktida kredit olishga arizani to'ldirishingiz kerak, shundan so'ng 20 daqiqa ichida mikroqarz bo'yicha qaror taqdim etiladi.
Arizani istalgan vaqtda va mikroqarzni ko'rib chiqishning istalgan bosqichida bekor qilish mumkin.
Siz qarzni so'ndirish bo'yicha pul mablag'larini muddatidan oldin ham va har qancha miqdorda to'lab borishingiz mumkin. Muddatidan oldin qisman so'ndirishda, foizlar faqat qoldiq bo'yicha, ya'ni asosiy qarzning to'lanmagan miqdori bo'yicha hisoblanadi. Qarzdan bunday tarzda foydalanishda, siz foizlarni kamroq to'laysiz.
Bankda mikroqarz olsangiz, o'zingizni hissiy noqulaylikdan, shaxsiy ma'lumotning uchinchi shaxslarga oshkor bo'lishi xavfidan xalos qilasiz, shuningdek, bankdan 24 oygacha bo'lgan katta muddatga qarz olishingiz mumkin.
Последнее обновление: 07/11/24 14:11