Element is not found

Yuridik shaxslar uchun muddatli to'lov - bu:

Haqiqiy muddatli to'lov

Tovar yoki xizmatlarni darhol oling, pulini esa keyin, foizsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz qaytaring

Foydali shartlar

ANORBANKning hamkorlari sizga eng yaxshi narxlarni va muddatli to'lovning optimal muddatlarini taklif etadi

Yangi imkoniyatlar

Minimal hujjatlar to‘plami, tezda ko‘rib chiqilishi va qarorlarni operativ tarzda qabul qilinishi

Kredit shartlari

Kredit olish va ta'minot taqdim etish uchun hujjatlar ro'yxati

Kredit olish uchun hujjatlar ro'yxati:
  • Kredit olish uchun ariza;
  • Ta'sis hujjatlari (ustav, ta'sis shartnomasi) va ularga kiritilgan barcha o'zgartirishlar va qo'shimchalar;
  • Litsenziya, agar qarz oluvchining faoliyatini yuritish uchun litsenziya talab etilsa;
  • Kredit olish, ta'minot taqdim etish va va direktor / mas'ul shaxslarning kredit va garov hujjatlarini imzolash vakolatlari berish bo'yicha tasischilar yig'ilishining bayonnomasi (asl nusxasi);
  • Ta'sischilar, rahbar (direktor) va bosh buxgalterning pasportlari;
  • Oxirgi moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobotlar (balans, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida ma'lumot) va oxirgi hisobot sanasidagi operatsion moliyaviy hisobot;
  • Pul oqimlari ko'rsatilgan biznes-reja;
  • agar qarz oluvchining asosiy/ikkilamchi depozit hisobraqamiga boshqa banklarda xizmat ko'rsatiladigan bol'sa: boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar bo'yicha so'nggi 12 oy ichida pul mablag'lari harakati, Kartoteka 2 mavjudligi / yo'qligi, ssudalar (kreditlar, kafolatlar, akkreditivlar, lizing va boshqa moliyaviy majburiyatlar) to'g'risidagi ma'lumotlar;
  • Ta'minot bo'yicha hujjatlar;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.


Mulkni garovga qo'yishda hujjatlar ro'yxati (garov beruvchi - yuridik shaxs):
  • Ta'sis hujjatlari (ustav, ta'sis shartnomasi) va ularga barcha qo'shimchalar va qo'shimchalar;
  • Garov sifatida mol-mulk berishga rozilik berish va direktor / mas'ul shaxslarning garov hujjatlarini imzolash vakolatlari berish bo'yicha garovga qo'yuvchi ta'sischilarning bayonnomasi;
  • Ta'sischilar, rahbar (direktor) va bosh buxgalterning pasportlari;
  • Garovga qo'yilgan mulkka egalik huquqi to'g'risidagi hujjatlar:
    - ko'chmas mulk uchun kadastr hujjatlari;
    - transport vositalari / maxsus texnika uchun texnik pasport va boshqalar.
  • Qarovga qo'yiladigan ob'ektning bozor qiymatini aniqlash bo'yicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti. Agar garov ob'ekti sifatida avtotransport vositalari, maxsus texnika, ko'p qavatli uylardagi honadonlar, turar joy, va ofis binolari taqdim etilsa , hamda garov qo'yivchida davlat ulushi mavjud bo'lmasa mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti shart emas.


Mulkni garovga qo'yishda hujjatlar ro'yxati (garovga oluvchi - jismoniy shaxs):
  • Egasining pasporti;
  • Garovga qo'yilgan mulkka egalik huquqi to'g'risidagi hujjatlar:
    - ko'chmas mulk uchun kadastr hujjatlari;
    - transport vositalari / maxsus texnika uchun texnik pasport va boshqalar.
  • Qarovga qo'yiladigan ob'ektning bozor qiymatini aniqlash bo'yicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti. Agar garov ob'ekti sifatida avtotransport vositalari, maxsus texnika, ko'p qavatli uylardagi honadonlar, turar joy, va ofis binolari taqdim etilsa mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti shart emas.

Biznes uchun muddatli to'lov qanday ishlaydi

Muddatli to'lovga xaridlar qiling

Bizning hamkorlarimizdan tovar va xizmatlarni to‘lovlarsiz xarid qiling - sizning o‘rningizga bank to‘laydi

Qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndiring

Muddatli to'lov bo'yicha qarzdorlik hamkor tomonidan taklif etiladigan muddat davomida har oyda so‘ndiriladi

Muddatli to'lovdan muntazam ravishda foydalaning

Belgilangan limit doirasida tovar va xizmatlardan cheklanmagan marotaba xarid qiling

ANORBANKdan muddalti to'lovning afzalliklari

Muddatli to'lovning umumiy miqdoriga faqat 1 marta ta’minotni rasmiylashtiring va hujjatlarni yig‘ing

Bankka tashrif buyurmasdan va navbatda kutmasdan to‘liq masofaviy hujjatlar aylanmasi

ANORBANK aloqa-markazining 24/7 ko‘magi. Savol bormi? Biz bilan istalgan vaqtda bog‘laning

Ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: