Element is not found

Ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz

Ko’pincha so‘raladigan savollarga javoblar

Kontokorrent - bu bankdan qisqa muddatlarga kichik summalarni olish imkoniyati.  Agar sizda kontokorrent ulangan bo‘lsa, siz hisob-raqamda mavjud bo‘lgan summadan ko‘proq summani sarf qilib, minusga ketishingiz mumkin. Masalan, buyurtmachi to‘lovni kechiktirmoqda, lekin tezda ijara haqini to‘lash kerak bo‘lganda.

Kontokorrent kreditni quyidagi maqsadlarga ishlatish taqiqlanadi: 

- bank oldidagi har qanday qarzdorlikni so‘ndirishga (hisob kitob-kassa xizmati bo‘yicha qarzdorlikdan tashqari); 

- qarz va kreditlarni so‘ndirish va taqdim etishga;

- emission qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishga;

- dividendlar to‘lashga;

- ustav kapitallariga kiritishga;

- ikkilamchi depozit hisob-raqamlarini to‘ldirishga.

Tadbirkorlarning xarajatlari har doim ko‘p bo‘ladi: soliqlar, ofis ijarasi, xom-ashyo va materiallarni sotib olish, uskuna xarid qilish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, ish haqi berish va hokazo.  Odatda tadbirkorlar pullarni hamma narsaga yetadigan darajada hisoblaydi, biroq, ba’zida nimadir istalgandek bo‘lmaydi.

Har bir kredit (transh) tanlash sanasidan dastlabki 7 kun mobaynida foizlar hisoblanmaydi.

Oxirgi 6 oy davomida mijozning hisob-raqamlariga tushgan o‘rtacha oylik tushumlar umumiy summasining 50% dan oshmagan holda (maksimal summasi 1000 BHM).

12 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga, shu o‘rinda har bir tanlovni (transhni) shartli so‘ndirish muddati 45 kundan oshmasligi kerak.

Har oyning 5-chi sanasida. Shu o‘rinda, har bir kredit (transh) tanlash sanasidan dastlabki 7 kun mobaynida foizlar hisoblanmaydi. Foizlarni hisoblash kredit (transh) tanlovining 8-chi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Operatsion kun yopilishi bilan bank tomonidan avtomatik tarzda qarzdorning depozit hisob-raqamidagi pul mablag‘lari hisobiga.

Ha. Ta’minotga bo‘lgan talablar bankning barcha axborot resurslarida ko‘rsatilgan.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: